01.04.2021
Bugun Qo‘qondagi 2-BO’SMga qarashli stadionda U21-birinchiligining 4-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” U21 – “Bunyodkor” U21 jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv boshidanoq shiddatli kurashlarga boy bo‘ldi. O‘yinning 20 daqiqasida Azimjon Mamatqulov rqaib darvozasi tomon aniq zarba yo‘llagan edi. Toshkentliklar posboni bu zarbani to‘sishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan besh daqiqa o‘tib o‘sha Azimjon Mamatqulov to‘pga zarba berishga kech qoldi va natijada raqibning oyog‘iga zarba berib yubordi. Uchrashuv bosh hakami darhol cho‘ntagidan qizil kartchkani chiqarib, futbolchimizni maydondan chetlatdi. O‘sha daqiqadan maydonda kamchlik bo‘lib qolganlariga qaramasdan yoshlarimiz muxlislarimiz uchun yoqadigan futbol namoyish qila olishdi. Aziz To‘xtaboev shogirdlari o‘yinda birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Uchrashuvning 39-daqiqasi o‘tib borayotgan palladi Sardor Yetovqo‘ziev taxminan 30-35 metr masofadan raqib darvozasi tomon juda kuchli va aniq zarba yo‘llab o‘yindagi hisobni ochdi. Sardorbekning goli turning eng chiroyli goliga da’vogarlik qiladigan darajada go‘zal chiqdi. Shunday qilib vakillarimiz tanaffusga 1-0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun oldinga intilishdi. Maydondagi son jihatdan ustunlik ularga baribir ham yordam berdi. O‘yinning 60-daqiqasida himoyachilarimizning nazaridan biroz chetda qolgan Muzaffar Olimjonov darvozamizni ishg‘ol qilib , hisobni tenglashtirdi. Futbolchilarimiz o‘yinda g‘olib bo‘lish uchun astoydil harakat qildilar. Ular raqib darvozasi oldida bir qator vaziyatlar sodir etishdi ham . Lekin “Bunyodkor” U21 darvozasiga ikkinchi golni kiritish yoshlarimizga nasib qilmadi. Shunday qilib futbolchilarimiz o‘yinning katta qismini maydonda o‘n kishi bo‘lib o‘tkazganlariga qaramasdan poytaxt jamoasidan ochko olishga muvaffaq bo‘lishdi.
U21-birinchiligi 4-tur
“Qo‘qon-1912″U21 – “Bunyodkor”U21 1:1
Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov.
Qanot hakamlari: Shohruh A’zamov, Aziz Isoqov.
Zaxiradagi hakam: Shahboz Vahobjonov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Shohruh Said.
Gollar: Sardor Yetovqo‘ziev (39) — Muzaffar Olimjonov (60)
“Qo‘qon-1912”:
Zahirada:
21.Egamberdi Alijonov, 28. Asadbek Qurbonov, 29.Otabek Qodirov, 31. Asror Qurbonov, 35.Yahyoxon Akbarov, 37.Asadbek Komilov,41. Jamshid Qobulov
“Bunyodkor”:
Zaxirada: 50. Mirsaid Tursunmatov, 31. Javohir Ro‘ziev, 40. Sudaysiy Jo‘raboev, 47. Muhammadqodir Ahadov, 52. Bilol Tupliev, 54. Umid Sultonov, 74. Lyubomir Bondarenko