Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
🔥🏟 Qoʻqondagi “markaziy” stadionida yangi yoritgichlar ishga tushdi
the_title()

20.03.2023

➡️ “Qoʻqon-1912” jamoasining rahbariyati bu yilgi mavsumda Qoʻqon shahriga katta futbolni qaytarish uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishmoqda. Xususan Qoʻqonlik futbol ishqibozlarining koʻp yillik orzusi bu yil roʻyyobga chiqadigan boʻldi. “Qoʻqon-1912” jamoasi endi barcha uy oʻyinlarini Qoʻqondagi “markaziy” stadionda oʻtkazishadi.

➡️ Qoʻqonlik muxlislar esa yozning jazirama kunlaridagi futbol uchrashuvlarini bemalol kechki salqinda tomosha qilish imkoniga ega boʻlishdi.
“Markaziy” stadion elektr tizimi toʻligʻicha yangilandi.

➡️ Stadion hududidagi 2 ta transformatorlar ham quvvati kattasiga almashtirilib, barcha elektr kabellari ham yangitdan tashlandi.  Kecha esa stadionga oʻrnatilgan yangi filips yoritgichlari ishga tushirib, PFLdan kelgan mutaxassislar “markaziy”dagi yoritish lyuksini oʻlchab koʻrishdi. Hozirgi kunda stadiondagi yorugʻlik talab darajasiga keltirildi, biroq bu bilan hali jamoa rahbariyati toʻxtab qolmoqchi emas.

➡️ Yil davomida stadiondagi yoritish tizimi bosqichma-bosqich kuchaytirib boriladi va OFK talabiga javob beradigan darajaga keltiriladi.

➡️ Hozirgi kunda Polsha davlatidan yana 32 ta yangi yoritgichlari Qoʻqon tomon yoʻlga chiqqan, bu yoritgichlar yetib kelganidan soʻng stadionimizdagi yoritish tizimi 1500-1800 lyuksgacha yetkaziladi.

➡️ “Qoʻqon-1912” jamoasi rahbariyati “markaziy” stadion yoritish tizimini yangilashda oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshgan Murodjon Mamanazarov boshchiligidagi Toshkent shahridan kelgan mutaxassislarga, shuningdek Azizxon Sulaymonov boshchiligidagi Qoʻqon shahar elektr  tarmoqlari korxonasi xodimlariga oʻzining katta minnatdorchiligini bildiradi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro24
1Mash'al24
3Xorazm13
4Aral23
5Sho'rtan11
6QO'QON-191221
7Do'stlik10
7Olympic Mobiuz10
U-21 биринчилиги
#КлубЎО