«Qo’qon-1912» yangi futbolchilarini tanishtirdi
the_title()

31.07.2023

Bugun «Markaziy» stadionda jamoamizga davralar oralig’ida tarkibga kelib qo’shilgan o’yinchilarni tanishtirish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda Qo’qon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov, jamoamiz vitse-prezidenti Akramjon Mamadaliyev, jamoamiz murabbiylari va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etishdi. Marosim avvalida shahrimiz hokim Ma’rufjon Usmonov va vitse-prezidenti Akramjon Mamadaliyev so’zga chiqdi va jamoamizning maqsadlari va rejalari haqida gapirib o’tishdi.

Shundan soʻng jamoamizga yangi keliib qoʻshilgan futbolchilar ommaga tanishtirildi. Rustam Nartajiyev, Avazxon Mamatxo’jayev, Shahzod Beshimov, Bobur Sobirov, Asadbek Zokirjonov, Abdujalil Manazarov va Artyom Filiposyanga «Qo’qon-1912» formalari taqdim etildi.

Tadbirda jamoamiz muxlislari ham soʻzga chiqib, doim “Qoʻqon-1912” jamoasi bilan birga boʻlishlarini maʼlum qilishdi. Marosim soʻngida jamoa aʼzolari muxlislar bilan esdalik ucun suratga tushishdi. Shu tariqa, tadbr koʻtarinki kayfiyatda yakuniga yetdi.

Высшая лига
#КлубСО
1Локомотив1129
2Динамо1226
3Қўқон-19121223
4Машъал1217
5Шўртан1215
6Арал1214
7Униред1213
8Андижон SGS129
9Навбаҳор Фарм119
10Ғиждувон119
11Хоразм1101
Молодёжная лига
#КлубСО