Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZLAR!
the_title()

28.06.2023

Bugun yurtimizda katta bayram. Qurbon Hayitini nishonlamoqdamiz. Shunday saodatli kunda “Qo‘qon-1912” futbol klubi diyorimizda yashovchi barcha mo‘min-musulmonlarni Muborak Qurbon Hayiti bilan samimiy qutlaydi.

Qurbon hayiti mo‘min-musulmonlar qalbida mehr-oqibat, saxovat kabi oliyjanob fazilatlarni tarbiyalaydi.
Muborak ayyom o‘z mohiyatida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlashni mujassam etganligi bilan nihoyatda qadrlidir.

Shunday fazilatli ayyomda duoga qo‘l ochib, ona Vatanimiz va butun dunyoda tinchlik va osudalik, xalqimizni farovon aylab, keyingi yil Qurbon hayiti kunlariga sog‘u-salomatlik bilan yetib borishni barchamizga nasib etishini so‘raymiz.

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro816
1QO'QON-1912816
3Mash'al815
4Aral814
5Xorazm810
6Sho'rtan89
7Olimpik Mobiuz88
8Do'stlik80
U-21 биринчилиги
#КлубЎО