Muhsin Nizomiddinov: “Xorazm” bilan futbol o’ynab bo’lmaydi”  
the_title()

02.10.2023

Pro-liganing 19-turida “Xorazm” maydonidagi durangdan keyin “Qo’qon-1912” bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov o’z fikrlarini bildirdi.

– O’yin teng kurashlar ostid desak, to’g’ri bo’lmaydi. Ikki xil bo’limlar bo’ldi. Birinchisida o’zimiz o’ylagan maqsadga deyarli erishdik. Ikkinchisida esa bir darvozaga o’yin bo’ldi. Biroq biz o’ylagan ish bo’lmadi.

– Aynan qanday xatolar bo’ldi?

– O’yinda xato ko’p. Men nimani nazarda tutgandim, bilasizmi, “Xorazm” jamoasi ikkinchi bo’limning 60-daqiqasidan keyin juda ko’p vaqt cho’zdi. Bu birinchi bo’limda boshlangandi. Durang ham ularni qoniqtirardi. “Xorazm” bilan futbol o’ynab bo’lmaydi.

– Sanat SHixovning zaxirada qoldirilishiga sabab nimada?

– Taktika. Ikkinchi bo’limda o’yinni kuchaytirishi kerak edi. U yoshi katta futbolchi. Ammo hozirda u yosh futbolchilardan ham yaxshi ekan. O’zini ko’rsatdi. Ikkinchi bo’limda alohida rejamiz bor edi. SHu sababli uni maydonga tushirdik.

– “Xorazm”dan o’tgan SHahzod Beshimovning o’yinidan qanchalik ko’nglingiz to’lyapti?

– Ikkinchi davrada o’ynagan deyarli barcha futbolchilardan ko’ngil to’lyapti. Yozda o’zimizga kerakli futbolchilarni oldik. SHahzod yomon emas, kelajagi bor futbolchi. Odatda futbolchilar sobiq jamoasi oldida o’zini ko’rsatishi tabiiy hol. SHu sababli unda bosim kuzatildi.

– Bugungi o’yinda Beshimovga yaxshi pas beradigan futbolchi bo’lmadi.

– Menimcha bugun o’yin davomida to’p bilan eng ko’p bo’lgan futbolchi Beshimov bo’ldi. Siz ham o’yinni men kabi katta hissiyotlar bilan ko’rganga o’xshaysiz. Men ham hali buni taxlil qilib chiqishim kerak. Safardagi o’yinlarda hujumchilarda bir-ikkita vaziyat bo’ladi. O’shandan foydalanish kerak. Bugun unda golli vaziyat ko’p bo’ldi. Bittasidan foydalanganda barchasi yaxshi bo’lardi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2652
2Buxoro2649
3QO'QON-19122642
4Sho'rtan2637
5Aral2635
6Xorazm2628
7Olimpik Mobiuz2621
8Do'stlik2617
U-21 биринчилиги
#КлубЎО