“Do’stlik” – “Qo’qon-1912” o’yini oxiridagi bahsli penalti bo’yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
the_title()

19.06.2024

Joriy yilning 18-iyun sanasida Pro liga 2024-yilgi mavsumning 13-turi doirasida “Do’stlik” – “Qo’qon-1912” bahsi bo’lib o’tdi. Mazkur bellashuvdan so’ng uchrashuv oxiridagi bahsli penalti bo’yicha chiqarilgan hakam qarori keng muhokamalarga sabab bo’ldi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur holat bo’yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va bahsli vaziyat tahlil qilindi.

Quyida uning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qaror bilan tanishishingiz mumkin.

“Do’stlik” – “Qo’qon-1912” o’yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

“Do’stlik” – “Qo’qon-1912” qarama-qarshiligining 90+4-daqiqasida mehmonlar a’zosi maydon egalari jarima maydonida to’pni egallab oldi, ammo bu vaziyatda mezbonlar vakili unga nisbatan qo’pollik ishlatib, to’pni olib qo’ydi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov penalti belgilamadi va uchrashuvni davom ettirishga qaror qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu holatda himoyachi to’pni olib qo’yishda fol qayd etgan va referining 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos yetarli edi. Hakamning qarori noto’g’ri, deb topildi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Ibrohim Ismoilov Superliga 12-turidan o’rin olgan “Bunyodkor” – “Olimpik” bellashuvida bosh hakam sifatida qayd etilgandi. Biroq uning mazkur xatosi sabab tayinlovga o’zgartirish kiritildi. Yangi tayinlovga ko’ra, ‘Bunyodkor” – “Olimpik” bahsini Abdurashid Xudoyberganov boshqarib boradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Markaz shuni ma’lum qiladiki, “Do’stlik” – “Qo’qon-1912” o‘yinidagi bosh hakamning qarori o‘rganib chiqildi hamda tegishli jazo chorasini ko‘rish uchun hakamlar qo‘mitasiga oshirildi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2652
2Buxoro2649
3QO'QON-19122642
4Sho'rtan2637
5Aral2635
6Xorazm2628
7Olimpik Mobiuz2621
8Do'stlik2617
U-21 биринчилиги
#КлубЎО