27.07.2024
“Manchester Siti” sardori Kevin De Bryuynega “Al Ittihod”dan qanday taklif tushgani maʼlum.
Saudiyaliklar belgiyalik yarim himoyachiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan. Himoyachi bu vaqt orasida haftasiga bir million funtdan oylik olishi mumkin edi. Biroq 33 yoshli futbolchi yozda jamoani oʻzgartirmasligini maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, xavbek 2015-yildan buyon “shaharliklar” sharafini himoya qiladi.