“Mash’al” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan (0:1) so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdilar
the_title()

10.08.2024

O‘yin haqida

– Teng kurashlar ostida o‘yin o‘tdi. Havo issiq bo‘lishiga qaramasdan har ikki jamoa vakillari maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Golli vaziyatlar har ikki tomonda ham bo‘ldi, bu borada bizning omadimiz keldi. Futbolchilar, muxlislarimizni jamoa g‘alabasi bilan tabriklayman.

– Rahbariyat sizga qanday vazifalar qo‘ydi?

– Bizda so‘ngi turlardagi qoniqarsiz natijalar sabab bir oz o‘zgarishlar bo‘ldi. Meni bosh murabbiy sifatida tayinlanganim kichik o‘zgarish xolos. Avvalgi bosh murabbiy Muhsin Nizomiddinov ham murabbiylar shtabi tarkibida ishlamoqda. Maqsad o‘zgarmadi, biz Superliga yo‘llanmasi uchun harakatdamiz.

– Muhsin Nizomiddinov qanday lavozimda qoldi?

– U kishi hozir klub sport direktori lavozimida ishlamoqda.

– Jamoa sardori Boburjon Akbarov boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishiga sabab nima?

– Bu futbolda uchrab turadigan jarayon. Biz ham futbolchi bo‘lganmiz. Har bir futbolchida shunaqa vaziyat bo‘lib turadi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2652
2Buxoro2649
3QO'QON-19122642
4Sho'rtan2637
5Aral2635
6Xorazm2628
7Olimpik Mobiuz2621
8Do'stlik2617
U-21 биринчилиги
#КлубЎО