Asliddin Toshtemirov: “Biz osonlikcha yutqazmaymiz. Yutqazadigan jamoa ham emasmiz”
the_title()

04.05.2025

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar himoyachisi Asliddin Toshtemirov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi o‘yin unutilmas taassurot qoldirdi. Bizga g‘alaba zarur edi. Sababi, ikki o‘yindan beri safardagi uchrashuvlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgandik. O‘zimizga bo‘lgan ishonch yuqori edi va buni isbotladik. Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. “Nasaf”ga qarshi o‘z maydonimizdagi bellashuvda ularning ko‘magiga muhtojmiz.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida 5-3-2 sxemasida harakat qildik va bu biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Gol o‘tkazib yuborgach, 4-4-2 taktikasiga o‘tdik va maydonda harakat qilish yengillashdi. Bizga qiyinchilik tug‘dirgan jihat beshta himoyachi bilan o‘ynayotganimiz bo‘ldik, sababi orqa chiziqqa joylashib qoldik.

Keyingi uch o‘yinni Superliganing amaldagi uchta sovrindoriga qarshi o‘tkazamiz. Ha, biz bunga tayyormiz. Biz osonlikcha yutqazmaymiz. Yutqazadigan jamoa ham emasmiz. Istalgan raqib bilan kurashishga tayyormiz.

Jamoamizda yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarishga ko‘proq urg‘u berilgan. Sezgan bo‘lsangiz, tarkibda katta yoshli futbolchilar kam. Gapning chinini aytgan ma’qul, bizga turnir jadvalining o‘rtalig‘ida muvozanat saqlash vazifasi qo‘yilgan va buni uddalayapmiz deb o‘ylayman”, dedi 23 yoshli futbolchi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО