21.07.2023
Jamoamizning yangi aʼzosi Artyom Feliposyan “Qoʻqon-1912” jamoasi haqidagi ilk fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Birinchi davra yakunidan soʻng “Qoʻqon-1912” jamoasidan taklif tushdi. Bosh murabbiy bilan gaplashdim va ular menga jamoaning maqsadlari haqida gapirib berdilar. Shundan soʻng men Qoʻqonga kelishga qaror qildim. Shu tariqa, hozirda “Qoʻqon-1912” futbolchisiman.
Jamoa haqida juda yaxshi gaplar eshitganman. Jamoadagilar juda yaxshi. Jamoadoshlarim bilan juda yaxshi munosabatdaman. Oʻzimni juda yaxshi his qilmoqdaman.
Faoliyatimda ilk bor Proligada oʻynayman. Superliga oʻyinlari qiyin, biroq Proliga bahslari ham qolishmaydi deb oʻylayman. Chunki bu yerdagi koʻplab futbolchilar oʻzlarini yaxshi koʻrsatishga harakat qilishadi. Proliga koʻplab yaxshi va sifatli jamoalar harakatlanadi.
Birinchi navbatda muxlislar sogʻ va omon boʻlishsin. Ular stadionga kelib jamoani qoʻllab quvvatlab turishlarini tilab qolaman. Futbol muxlislar uchun. Nasib qilsa, 2-davrada muxlislar uchun ajoyib oʻyinlarni namoyish etamiz