Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Akramjon Mamadaliyev: “Eski yilda erisha olmagan barcha ezgu niyatlaringiz, yangi 2024-yilda roʻyobga chiqsin”
the_title()

31.12.203

Assalomu alaykum aziz Qoʻqon futbolining jonkuyar muxlislari!

Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin yurakdan tabriklayman! Yangi yil barchangizning xonadoningizga qut-baraka, tinchlik xotirjamlik hamda baxt va omad olib kelsin. Eski yilda erisha olmagan barcha ezgu niyatlaringiz, yangi 2024-yilda roʻyobga chiqsin.

“Qoʻqon-1912” jamoasi ham yangi yilga ulkan rejalar bilan kirib kelmoqda. Yangi yilda Qoʻqondagi “Markaziy” stadioni har tomonlama chiroyli va xalqaro talablarga javob beradigan holga keltiriladi. Jamoamiz oʻz oldiga Proliga gʻolibligi hamda Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishni maqsad qilib qoʻyadi. Jamoamiz infratuzilmasi bosqichma-bosqich rivojlanib boradi. Yoshlar futboliga eʼtibor kuchayadi. Tarkibimiz ham yosh va iqtidorli futbolchilar bilan toʻldiriladi. Kuzatib borayotgan boʻlsangiz biz yangi futbolchilar bilan shartnomalarni kamida 2 yoki 3-yilga tuzmoqdamiz. Asta-sekin 1-yillik shartnomalar qisqarib boradi. Biz oʻtgan yilda yoʻl qoʻygan xatolarimizdan toʻgʻri xulosa chiqargan holda, kelgusi mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik koʻramiz. Maqsadimiz siz aziz muxlislarimizni xursand qilish.

Barchangizga yana bir bor kirib kelayotgan yangi yil muborak boʻlsin!

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1QO'QON-1912510
1Xorazm510
3Mash'al59
4Buxoro59
5Aral57
6Sho'rtan55
7Olimpik Mobiuz54
8Do'stlik50
U-21 биринчилиги
#КлубЎО