24.07.2024
Bugun oʻzbek futbolida tarixiy kun.
Oʻzbekiston OTJ terma jamoasi Olimpiya oʻyinlaridagi debyut oʻynini oʻtkazadi. Raqib — Ispaniya!
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi.
Uchrashuvni esa afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Beida Dahane (Mavritaniya), unga qanotlarda Jerson Santos (Angola) va Stefan Yiyembe (Keniya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Dryuv Fischerga (Kanada) topshirilgan. Lahlo Benbraham (Jazoir) esa VARda faoliyat olib boradi.