Mehmonda “Buxoro” mag’lub etildi va turnir jadvalining 3-o’rniga ko’tarilib oldik
the_title()

18.10.2024

Pro liganing 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahsning boshidan har ikki jamoa hujumkor o’yin ko’rsatdi. Birinchi bo’limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo’limning boshida jamoamiz a’zolari ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Uchrashuvning 74-daqiqasida Azizxon Isaqov ikkita super seyv amalga oshirdi. Bahs yakuniga 3 daqiqa qolganida Igor Kondratiuk boshi bilan raqib darvozasini aniq nishonga oldi va jamoamizga muhim g’alabani qo’lga kiritishda yordam berdi.

Pro liga, 23-tur
“Buxoro” – “Qo‘qon-1912” 0:1
18 oktyabr 2024 yil. Toshkent viloyati, “Do‘stlik” stadioni. 15:00
Bosh hakam: To‘rabek Suyunov
Qanot hakamlari: Islom Azimov, Sherzod A’zamov
Zaxira hakami: Ma’mur Ilhomov
VAR: Ahrol Risqullayev
AVAR: Kristina Sereda
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Qudrat Madraimov.
Gol: Yegor Kondratyuk 87.
“Buxoro”: 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 10.Izztailla Abdullayev, 17.Javohir Ro‘ziyev, 23.Behruz Shodmonov, 29.Vitaliy Denisov, 80.Milan Mirosavlev, 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 96.Jasurbek Ubaydulloyev.
Zaxira: 12.Akmal Tursunboyev, 4.Elyor Orifov, 7.Daniel Nasridinov, 11.Jasur Hasanov, 16.Artyom Filiposyan, 19.Suhrob Berdiyev, 33.Yaraslav Makushinskiy, 65.Amirhussayin Rivandi, 71.Albert Nurullayev.

“Qo‘qon-1912”: 13.Azizxon Isaqov, 3.Asadbek Xabibullayev, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Zafar Hakimov, 7. Shota Gvazava, 11.Shahzod Beshimov, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Islom Sharipov, 20.Iqbol Malikjonov, 27. Sunnatilla Poyonov, 69. Igor Kondratyuk.
Zaxira: 14.Azamat Soyibov, 8.Javohir Husanov, 10.Doniyor Ismailov, 17.Ibrohim No‘monov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 30.Ibrohim Muxtorov, 44.Andro Giorgadze, 77.Bekjon Jo‘raboyev, 94.Husniddin G‘ofurov.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2346
2Buxoro2345
3QO'QON-19122334
4Sho'rtan2333
5Aral2331
6Xorazm2323
7Olimpik Mobiuz2217
8Do'stlik2214
U-21 биринчилиги
#КлубЎО