Bahrom Haydarov: “Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Xudo xohlasa, yangi mavsumni yaxshi natija bilan boshlaymiz”
the_title()

02.02.2025

Superliga-2025-yilgi mavsumiga qurʼa tashlangach, “Qoʻqon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Haydarov jamoamiz matbuot xizmatiga chempionat starti haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Qurʼa tashlash marosimini koʻrdim. Birinchi navbatda mavsumni uyda boshlashimiz yaxshi deb oʻylayman. Birinchidan muxlislar derbi guvohi boʻlishsa, ikkinchidan mavsumni uyda boshlash doim osonroq boʻladi. Raqib haqida keladigan boʻlsak, har qanday jamoaga qarshi mavsum davomida baribir bahs olib boramiz.

“Andijon” oʻtgan mavsum Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi, yaxshi darajadagi jamoa. Biroq bizda hech qaysi jamoaga nisbatdan qoʻrquv yoʻq. Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Tarkibimiz ancha shakllanmoqda. Xudo xohlasa, yangi mavsumni yaxshi natija bilan boshlaymiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm26
2OKMK26
3Navbahor24
4Bunyodkor24
5Dinamo24
6Nasaf24
7Buxoro23
8Qizilqum23
9Neftchi22
10Andijon22
11Qo'qon-191222
12Paxtakor10
13Mash'al10
14Sho'rtan20
U-21 биринчилиги
#КлубЎО