Bahrom Haydarov: “Durang adolatli natija boʻldi deb hisoblayman”
the_title()

08.03.2025

Superliganing 1-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912“ – ”Andijon” (1:1) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Oʻyin haqida

– Chempionat starti barchani tabriklayman. Shuningdek, Ramazon oyi bilan xalqimizni va 8-mart bayrami munosabati bilan moʻtabar ayollarimizni muborakbod etaman.

Ikki yildan buyon Pro-ligada ishtirok etayotgandik. Bugun Superligaga qaytish va debyut oʻyinimiz boʻldi. Jamoada umumiy hayajon boʻldi. Gol oʻtkazib yuborganimizdan soʻng bosimdan qutulib, oʻyin haroratini his qila boshladik. Ikkinchi boʻlimda tashabbus biz tomonga oʻtdi. Biroq, har ikki boʻlim nazdidan xulosa qilsak, bugungi durang adolatli natija deb hisoblayman.

– Natijadan qoniqdingizmi yoki oʻyin sifatidanmi?

– Bu haqida tushuntirdim. Birinchi oʻyinda hayajon boʻladi. Oʻyin sifati sekin-sekin yaxshilanib boradi. Ochilish oʻyinida bosim boʻladi.

– “Andijon” jamoasi sizda qanday taasurot qoldirdi?

– “Andijon”ni oʻrganib chiqqandik. Bugun hayajon sabab borimizni koʻrsatib bera olmadik. Oʻyinlar davomida yigitlardan bosim tushib boradi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО