Bahrom Haydarov: “Bizga natija chiroyli oʻyindan koʻra muhimroq edi”
the_title()

27.04.2025

Superliga 7-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Xorazm” (1:0) bahs yakunlanganidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Muxlislarimizni gʻalaba bilan tabriklayman. Avvalgi uchrashuvlarda “Xorazm” toʻpni juda yaxshi nazorat qila olishini koʻrsatgan edi. Jamoada juda mahoratli futbolchilar yigʻilgan. Bunday raqibga qarshi qiyin uchrashuv boʻlishi aniq edi. Shu sababli, biz koʻproq qarshi hujumlarga asoslangan oʻyin rejasini tanlagan edik. Raqib xatosidan foydalanib, gol ura oldik. Raqib esa oʻz vaziyatlaridan foydalana olmadi. Bugun bizga natija chiroyli oʻyindan koʻra muhimroq edi” — deya fikr bildirdi Bahrom Haydarov bugungi uchrashuv haqida.

– Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingiz? Sababi jamoangiz ikkinchi boʻlimni juda yaxshi boshladi…

– Biz hisobda oldinga chiqib olganimizdan soʻng, raqibimiz yanada koʻproq kuch bilan hujumga oʻta boshladi. Biz esa yigitlarga yuqoriroq pozitsiyalarda raqibni kutib olishimiz kerakligini aytdim. Ayrim bir vaziyatlarda rejalarimiz ish berdi, ammo jamoamiz hali yosh. Tarkibimizda Superligada endigina debyut qilayotgan futbolchilar bor. Hattoki Shota Superligada endi debyut qildi. Beshimov va Kondratiuk kabi futbolchilarga biroz ishonch yetishmayapti, ammo ularning mehnati mana shunday natijalarga erishyapmiz.

– Bugun Shota Gvazava yana maydonga qaytdi. Gvazavaning bugungi oʻyini haqida fikr bildirib oʻtsangiz…

– Shota bugun jamoaga ancha foyda keltirdi. Tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida yetishmovchilik bor edi, ammo u hali jismoniy jihatdan toʻliq tayyor emas edi.

– Ikkinchi boʻlimda Shahzod Beshimov biroz yolgʻizlanib qolgandek. Uning yoniga yana bir hujumkor futbolchini maydonga tushirsangiz boʻlmasmidi?

– Biz Egor Kondratiukni zaxiraga olmoqchi edik. Sababi, u biroz charchab qoldi va oʻzi ham shuni aytdi. Egor bugungi oʻyinga biroz tayyor emas edi. Raqib havo orqali oʻynashni boshlagani sababli Jasur Yoqubovni maydonga tushirishga majbur boʻldik.

– Iqbol Malikjonov uchta oʻyinga chetlatildi. Sizning fikringizcha futbolchiga juda ham qattiq jazo qoʻllanilmadimi?

– Malikjonov Bizning futbolchimiz boʻlgani tufayli yengilroq jazo kutgan edik, albatta. Biroq soʻnggi ikkita chetlatishda oʻzimizning aybimiz bor. Shu sababli hech qanday eʼtiroz bildira olmaymiz.

– Jamoangiz qizil kartochkalar boʻyicha yetakchi boʻlib turibdi. Futbolchilarga imkon qadar qizil kartochkadan qochish kerakligini aytganmisiz?

– Futbolda kichik detallar ham katta rol oʻynaydi. Biz har bir epizodlarga tayyorgarlik koʻrganmiz. Har bir majlisimizda ushbu haqda gaplashganmiz. “Surxon”ga qarshi kechgan oʻyindan oldingi nazariy mashgʻulotda faqatgina kartochkalar mavzusini koʻtargan edik. Futbolchilarimiz hali yosh va raqib provokatsiyasiga uchishi mumkin. Gʻofurovdan tashqari qolgan barcha chetlatishlar ataylab qilinmagan edi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО