28.04.2025
“Xorazm”ga qarshi uchrashuvda Superligada debyut uchrashuvini oʻtkazgan Shota Gvazava “Qoʻqon-1912” matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.
Birinchi navbatdagi kechagi uchrashuv haqida nimalar deya olasiz? Siz uchun Superligada debyut boʻldi.
– Avvalambor barchani kechagi gʻalaba bilan tabriklayman. Bu har tomonlama juda muhim oʻyin boʻldi va oʻyindan oldin oʻylaganimizdek, oson oʻyin boʻlmadi.
Murabbiylar shtabi koʻrsatmalariga amal qildik: raqib himoyasiga maksimal bosim oʻtkazdik va oʻyinni koʻproq qarshi hujumlar ustiga qurdik, bu esa natijaga taʼsir qildi va 3 ochkoni qoʻlga kiritdik.
Debyutimga kelsak, men juda xursandman. Men bu lahzani anchadan beri kutgandim. Imkon qadar tezroq qaytishga va jamoamga yordam berish uchun koʻp mehnat qildim.
Murabbiylar shtabiga ishonchlari uchun rahmat aytaman. Men ishlashda davom etaman va oʻyindan oʻyinga optimal formaga kiraman deb oʻylayman.
Umuman olganda siz ikkita jamoa safida proligada oʻynadiingiz va bu yil Superligada. Birinchi oʻyindan soʻng Superliganing darajasi haqida fikringiz.
– Oʻzbekistonga kelganimda maqsadim Superligaga chiqish edi va bunga erishganimdan juda xursandman. Oʻtgan yili “Qoʻqon-1912” jamoasi haqli ravishda Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, muxlislarimizni xursand qildik deb oʻylayman.
Superliganing saviyasi juda kuchli.
Bu yerda oʻyin tezligi yuqori, barcha jamoalarda sifatli oʻyinchilar bor va oʻyin natijasiga taʼsir qiladigan kichik xatolarga ham yoʻl qoʻymaslik uchun konsentratsiya juda yuqori boʻlishi kerak.
“Xorazm” bilan oʻtgan mavsum Proligada toʻqnash kelgandik. Oʻtgan mavsumdagi jamoadan hozirgisini qanday farqlari bor ekan?
– Oʻtgan mavsum bilan solishtirganda, “Xorazm” jamoasi ancha kuchaygani oʻyinlaridan ham koʻrinib turibdi va ular bilan oʻynash hamma uchun juda qiyin boʻladi.
Uzoq muddat jarohatdan davolandingiz? Hozirgi holatingiz qanday, umuman olganda hozir jarohat sizni bezovta qilmayaptimi?
– Ha, oʻzimni yaxshi his qilyapman. Xudoga shukur, hammasi ortda qoldi. Har kuni yuqori formaga qaytish va jamoaga bu mavsumdagi maqsadlariga imkon qadar koʻproq erishishga yordam berish uchun juda qattiq mehnat qilyapman!