04.05.2025
Superligani darajasiga ta’sir ko‘rsatishi taxmin qilingan klublarni 7 tur davomida qayd etgan natijasiga nazar solamiz.
Sho‘rtan: 7 o‘yin, 6 mag‘lubiyat. Bir durang. 1 ochko. 16-o‘rin.
Jamoada o‘yin uslubi va maqsad bor ekanligiga qaramay, biroz ijrochilar mahorati yetishmayapti. Bu ketishda ligani tark etish uchun yagona nomzod ular bo‘lib qoladi.
Buxoro: 7 o‘yin 5 mag‘lubiyat, 2 g‘alaba 6 ochko. 15-o‘rin.
Ulug‘bek Baqoyev mavsum boshida ajratilgan smetani ko‘rgach, ishlamoqchi emas edi. Uni endi tushundik. Bolta-chopqi futboli uchun mahsus ijrochilar kerakligiga qaramay, jamoa o‘zi istagan futbolchilarni olib kela olmadi.
Mash’al 7 o‘yin 4 mag‘lubiyat, 1 durang va 2 g‘alaba. 7 ochko va 14-o‘rin.
Muborakliklar ochko jamg‘arayotgan bo‘lsada, aniq bir o‘yin kartinasi ko‘ribmayapti. Hozircha, men uchun eng zaif futbol aynan ularga tegishli. Natija esa, yomon emas.
Xorazm: 6 o‘yin, 3 mag‘lubiyat bir durang v ikki g‘alaba. 7 ochko. 11-o‘rin.
“Xorazm” uchun liga zo‘r boshlandi-yu, keyin ko‘z tegdi. Startdagi ishtiyoq inersiyasi yo‘qolib qoldi. Shunga qaramay, bu klub elitada jon saqlab qolishni uddalashiga shubham yoq. Ularda elitaga qaytgan ko‘plab klublarda yo‘q bo‘lgan intilish bor.
Qo‘qon: 7 o‘yin. 2 mag‘lubiyat, 2 g‘alaba va 3 ta durang. 9 ochko va 9 o‘rin.
Ilk turlardayoq “Qo‘qon”ni ligaga chiqqanlar ichidagi eng kuchlisi deb atagan edim. Isbotlashmoqda. Jamoa to‘g‘ri futbol o‘ynayapti. Ligani katta jamoalari o‘yinida yo‘q ayrim elementlar maydonda ko‘rinmoqda.
Bu ro‘yxatdagi klublar ichida ulardan boshqa hammasi Ligani darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. “Qo‘qon” ularni fonida biroz qo‘shdi ham. Asosiysi, moliyaviy barqarorlik yo‘qolmasin.
Xulosa o‘rnida, jamoalar soni ortgani men tahmin qilganimdek, sifatga ta’sir qildi. Kutganimdek, Proligani hech kim kuzatmayapti. Oson o‘yinlar soni ortdi. Ba’zi bahslarni 20 daqiqadan keyin tomosha qilishga xojat qolmayapti. Shunga qaramay, berilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun ko‘plab yosh futbolchi va mutaxassislarda imkon bor. Hamma narsani bahona qilavermay, yorib chiqish uchun imkoniyatdan foydalaning. Jamoa ma’sullari esa, xolatni pul ishlab olish imkokiyati deb qaramasligi, klubi manfa’ti yo‘lida ishlashi kerak. Maydonlar masalasiga munosabat haqida keyinroq nomlar bilan to‘xtalamiz. Qisqasi, so‘nggi 7-8 yil ichida berilgan ilk imkoniyatni rasvosini chiqarmanglar.