Andro Giorgadze: “Hatto durang ham biz uchun yaxshi natija edi, lekin g‘alaba qozonishni uddaladik”
the_title()

03.05.2025

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar himoyachisi Andro Giorgadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Og‘ir o‘yin bo‘ldi. “Bunyodkor” – kuchli jamoa. Turnir jadvalidagi o‘rnidan ham ko‘rinib turibdi. Shunday ekan, ularni osonlikcha mag‘lub etib bo‘lmasdi, hatto durang ham biz uchun yaxshi natija bo‘lardi, lekin biz harakat qildik, murabbiyning barcha ko‘rsatmalarini, aytganlarini 200 foiz bajardik. Natijada, “Bunyodkor”ni safarda yengishga muvaffaq bo‘ldik. Shu bois, jamoamizdagi barcha a’zolarni, butun Qo‘qon shahri muxlislarini tabriklayman. Bu juda yoqimli. Xudo xohlasa, shunday davom etamiz.

Shuni aytmoqchimanki, bu yilgi O‘zbekiston chempionatida oson o‘yinlar yo‘q. “Nasaf” bilan o‘ynaysizmi, “Bunyodkor” yoki “Paxtakor” bilan yoki kuchli oltilikdan quyidagi jamoalar bilanmi – farqi yo‘q. Barcha o‘yinlar murakkab o‘tadi. Natija qanday bo‘lishini hech kim ayta olmaydi. Buni vaqt ko‘rsatadi. Biz qo‘limizdan kelganini qilamiz, yaxshilab tayyorgarlik ko‘ramiz. Iloji boricha tetik, o‘yinga shay holda kelamiz. Qolganini o‘yin ko‘rsatadi”, dedi gruziyalik futbolchi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО