Alisher Salimov: “Xoh OKMK bo‘lsin, xoh “Nasaf”, g‘alaba uchun maydonga tushamiz”
the_title()

04.05.2025

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar himoyachisi Alisher Salimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yaxshi o‘yin bo‘ldi. To‘g‘ri, birinchi bo‘lib darvozamizdan to‘p olib chiqdik, shunga qaramay, bo‘shashmadik, g‘alabaga ishongandik. Toshkentga 3 ochko ilinjida tashrif buyurgandik va uddaladik.

O‘tkazib yuborilgan golda mening ham aybim bor. Maydonda harakat qilgan futbolchida xato uchrashi tabiiy hol. Shunday paytda ruhiy tushkunlikka tushib qolmasligi kerak. Jamoadoshlarimga rahmat, ular goldan keyin dalda berib turishdi. Ularning yordami bilan ruhiy bosimni yengib o‘tdim.

Bu yilgi jamoamiz kuchli futbolchilardan tashkil topgan. Maqsadimiz – kamida kuchli beshlikka kirish. Oldinda qiyin o‘yinlar kutib turibdi, biroq raqibga qarab o‘tirmagan holda har o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Xoh OKMK bo‘lsin, hoh “Nasaf”, uch ochko uchun harakat qilamiz”, dedi 25 yoshli futbolchi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО