Vinisius Messiga yetib oldi

11.04.2024

Vinisius Junior Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlaridagi assistlar soni bo‘yicha Lionel Messiga yetib oldi.
Chorak final doirasidagi «Real Madrid» – «Manchester Siti» (3:3) uchrashuvida 23 yoshli braziliyalik vinger ikkita assistga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Vinisiusning pley-offlardagi assistlari soni 12taga yetib, u bu borada «Barselona» sobiq hujumchisi Lionel Messiga yetib oldi.

«Real» o‘yinchisi bu natijaga 25 o‘yinda erishgan bo‘lsa, argentinalik hujumchi YECHLdagi 77 o‘yinda 12ta assist qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu YECHL pley-off bahslarida 67 o‘yinda 15ta golli uzatmaga erishgan.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО