Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Muhsin Nizomiddinov: “Ikkinchi turdagi magʻlubiyat biz uchun motivatsiya boʻldi”
the_title()

03.04.2024

Po liganing 4-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Xorazm” (3:0) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Oʻyin haqida…

– “Xorazm” yetakchilar safida borayotgandi. Shu bois, ularga qarshi hafta davomida tayyorgarlik koʻrdik. Yigitlar roʻza tutishiga qaramasdan, 90 daqiqa davomida uchrashuv yakuniga qadar harakat qilishdi, ularga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, muxlislarimiz ham Qoʻqon shahridan kelib, bizni qoʻllab-quvvatlab turishdi. Ularga ham rahmat aytaman.

– Ikkinchi turda “Buxoro”dan qabul qilib olingan magʻlubiyat taʼsir oʻtkazdimi?

– Toʻgʻri aytdingiz. “Buxoro”ga qarshi ochilish oʻyinida maydonga tushgandik. Ilk uchrashuvlarda barchada bosim boʻladi. Qolaversa, biz uy oʻyinlarini boshqa maydonda oʻtkazyapmiz. Qishki yigʻinda futbolchilarning holatini oʻrgandik. Har bir jamoaga qarshi taktika tanlagan holda harakat qilyapmiz. Ikkinchi turdagi magʻlubiyat bizga motivatsiya boʻldi. Hali biz kutgan jarayonga biroz vaqt kerak. Biz toʻgʻri yoʻnalishdamiz. Shu yoʻnalishda ketsak, oʻylagan niyatimizga yetamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1QO'QON-1912510
1Xorazm510
3Mash'al59
4Buxoro59
5Aral57
6Sho'rtan55
7Olimpik Mobiuz54
8Do'stlik50
U-21 биринчилиги
#КлубЎО