Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
“Andijon” sardori: “Jamoamizda g’olibona ruh shakllangan”

12.02.2024

“Andijon” klubining Antaliya shahridagi o’quv-mashg’ulot yig’ini davom etmoqda.

Klub matbuot xizmati kuni kecha Slovakiyaning “Belusha” jamoasiga qarshi bellashuvda biroz jarohat olgan tajribali himoyachi, jamoa sardori Ildar Mamatkazin bilan suhbat qurdi.

– Ildar jarohatingiz haqida so’ramoqchimiz. Jiddiy emasmi?

– Jiddiy emas. Har doimgidek, uchrab turadigan turadigan holat. Ozgina qoshim yorildi, shu xolos. Hammasi joyida.

– Slovakiya klubiga qarshi o’yindan qanday taassurot oldingiz?

– O’yin teng kurashlar ostida o’tdi. Ularda ham, bizda ham imkoniyatlar bo’ldi. Durangga mos uchrashuv bo’ldi. Jismoniy yuklamalar ostida o’ynayapmiz. Asosiysi, natija emas. Turli taktik sxemalar shu o’yinlar orqali sinab ko’rilyapti. Raqib ham o’ziga yarasha shakllangan. Taktik, texnik va jangovar jihatlarga ega. Bu jamoa uchinchi divizion vakili bo’lishiga qaramasdan, ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Evropa futbolining havosi borligi sezilib turibdi.

– Antaliyadagi o’quv-mashg’ulot yig’ini hakida nima degan bo’lardingiz?

– Antaliyadagi yig’inimiz juda yaxshi o’tyapti. Asosan, jismoniy tayyorgarlik va o’yin amaliyotiga ega bo’lyapmiz. Har xil taktik sxemalarni o’yinlar orqali sinovdan o’tkazyapmiz. SHaroitlarga keladigan bo’lsak, barchasi alo darajada. Jamoa ichidagi muhit ham juda yaxshi. Futbolchilar mashg’ulotlarda tinimsiz ravishda, o’zlarini ayamasdan bor kuchini sarflashyapti.
– “Andijon” chempionatning ilk turini safarda OKMKga qarshi o’yin bilan boshlaydi. Bu borada fikringiz qanday?

– O’tgan yili ham bizga etakchi jamoalardan biri to’g’ri kelgan. Bu yil ham yana etakchilardan biri bilan o’ynaymiz. O’tgan yili isbotladikki, bemalol favoritlarga qarshi o’ynay olamiz. SHuning uchun kim ro’baro’ bo’lishidan qati nazar asosiy maqsadimiz – faqat g’alaba. O’tgan yili etakchilarga qarshi o’ynab, o’zimizni ko’rsata olganimiz bois jamoamizda g’olibona ruh yaxshi shakllangan. O’zimizga bo’lgan ishonch ham yuqori.

– SHuningdek, “Andijon”ning Antaliyadagi sparring-raqiblari xususida nima degan bo’lardingiz?

– Koreya Respublikasi U-23 terma jamoasi yoqdi. Tezkor va hujumkor. Jismonan ham kuchli futbolchilardan iboratligi ko’rindi. CSKAga qarshi uchrashuvda ham raqib yuqori darajadagi jamoa ekanligi bilinib turdi. Umuman olganda, o’ynayotgan raqiblarimiz yaxshi taassurot qoldirmoqda.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1QO'QON-1912510
1Xorazm510
3Mash'al59
4Buxoro59
5Aral57
6Sho'rtan55
7Olimpik Mobiuz54
8Do'stlik50
U-21 биринчилиги
#КлубЎО