16.03.2024
Bugun jamoamiz qarorgohida “Qo’qon-1912” rahbari Akramjon Mamadaliyev, murabbiylar va futbolchilar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda dastlab jamoamiz rahbari so’zga chiqdilar va “Mash’al”ga qarshi uchrashuv natijasi jamoa rahbariyati va muxlislarni qoniqtirmaganini va bo’lajak uchrashuvda “Qo’qon-1912” jamoasidan faqat g’alaba kutishlarini ma’lum qildilar.
Shundan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Muxsinjon Nizomiddinov jamoaning bo’lajak o’yinga yaxshi tayyorgarlik olib borganini, bo’lajak uchrashuvga barcha tayyorligini va 19-mart kuni muxlislarni xursand qiladigan natijaga erishish uchun maksimal harakat qilinishini ma’lum qildilari.
Shuningdek, yig’in davomida “Qo’qon-1912” sardori Bobur Akbarov jamoada hech qanday muammo yo’qligini, sharoitlar yaxshi ekanligini va bo’lajak uchrashuvlarda “Qo’qon-1912” faqat g’alaba qozonish uchun harakat qilishligini ma’lum qildi.