“Selta”ga qarshi o‘yin oldidan “Real” tarkibidagi muammolar ma’lum qilindi

16.10.2024

“Real” bugun ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazdi.
“Marca” ma’lumotiga ko‘ra, Kilian Mbappe va Vinisius Junior jamoaning ertalabki va tushdan keyingi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Ikkinchi mashg‘ulotda termadan qaytgan futbolchilar – Orelen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Arda Gyuler umumiy guruhda shug‘ullangan bo‘lsa, Antonio Ryudiger hamda Luka Modrich trenajyor zalida bo‘lgan.

Terma ixtiyorida bo‘lgan Vinisius hamda Mbappening tiklanishi yaxshi ketmoqda va o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda. Shuningdek, Eder Militao jarohatidan forig‘ bo‘lgan va “Selta”ga qarshi o‘yinga shay holatda.

“Atletiko” bilan o‘yinda jarohat olgan Tibo Kurtuaning qaydnomada bo‘lishi ehtimoli ham bor.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm26
2OKMK26
3Navbahor24
4Bunyodkor24
5Dinamo24
6Nasaf24
7Buxoro23
8Qizilqum23
9Neftchi22
10Andijon22
11Qo'qon-191222
12Paxtakor10
13Mash'al10
14Sho'rtan20
U-21 биринчилиги
#КлубЎО