Fargʻona viloyati hokimi “Qoʻqon-1912” jamoasining qarorgohiga tashrif buyurdilar
the_title()

06.05.2025

Kecha Fargʻona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov “Qoʻqon-1912” jamoasining qarorgohiga tashrif buyurdilar. Viloyatimiz hokimi jamoamiz murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv joriy mavsumdagi jamoamizning Superligadagi ishtirok haqida boʻldi. Xususan, “Qoʻqon-1912” futbol mavsumini yaxshi natijalar bilan boshlaganiga eʼtibor qaratildi.

Ayniqsa, soʻnggi turda Toshkentda Superliganing nomdor jamoalaridan biri hisoblanmish “Bunyodkor”ni taslim etilishi nafaqat Qoʻqon shahridagi futbol muxlislarini, balki Fargʻona viloyatining muxlislarini xursand qilganini taʼkidlandi. Shuningdek, Hayrullo Xayitboyevich Bahrom Haydarov boshchiligidagi “Qoʻqon-1912” jamoasi chiroyli futbol koʻrsatayotganidan mamnun ekanligini va boʻlajak bahslarda jamoaga omad yor boʻlishini tilab qoldilar.

Uchrashuv soʻnggida viloyatimiz hokimi “Qoʻqon-1912” jamoasini kelgusida ham har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishini va uning faoliyatiga yetarli eʼtibor qaratilishini taʼkidladilar.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО