13.03.2025
⚽️ Prevyu. “Neftchi” – “Qo‘qon-1912”.
⚽️ Superligasining 2-turida 🟢 “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” 🔵 klublari Farg’onada to‘qnash kelishadi.
Mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kunga qadar 30 bora to‘qnash kelishgan. “Neftchi” 20 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 4 marta durang qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” bu raqibni olti marta mag‘lub etgan. To‘plar nisbati “Neftchi” tomonida – 73:39. O‘zaro o‘yinlarda “Neftchi” 64 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.
“Neftchi” mezbonligida bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 ta uchrashuv natijalari bilan tanishing.
02.03.2022
🟢 – 🔵 – 1:0
17.08.2018
🟢 – 🔵 – 1:0
31.03.2017
🟢 – 🔵 – 1:2
10.06.2016
🟢 – 🔵 – 2:1
30.10.2015
🟢 – 🔵 – 0:1
Ertaga bo‘lib o‘tadigan “viloyat derbi”sini Ilgiz Tantashev boshqarib boradigan bo‘ldi.
🟢 “Neftchi” — “Qoʻqon-1912” 🔵
14.03.2025, 19:30
📣 Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
🇺🇿Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Avaz Abdullayev
🔄 Zaxira hakami: Alisher Toʻxtasinov
😗Nazoratchi: Jahongir Saidov
📺 VAR: Rustam Lutfullin
📺 AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
⚽️ Komissar: Diyor Hotamqulov