Futbol faxriysi Bahrom Hakimovning 70 yillik yubileyi keng nishonlandi
the_title()

28.02.2025

Kecha Farg‘ona viloyat hokimligi, Qo’qon shahar hokimligi hamda viloyat sport boshqarmasi va viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Qo’qon shahridagi Ahmadxon sport majmuasida futbolimiz faxriysi Bahrom Hakimovni 70 yillik yubileyi o’tkazildi.
Yubiley oldidan 50+ faxriylar o’rtasida futbol shou o’yini o’tkazildi. Futbol shou o’yinida Farg‘ona viloyati futboli yulduzlari ham ishtirok etdilar.

Futbol shousi yakunidan so’ng Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarovning tabrigi va Qo’qon shahar hokimi tabrigi, O‘zbekiston Respublikasi sport faxriylari Kengashini tabrigi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tabrigi, viloyat sport boshqarmasi tabrigi, viloyat futbol assotsiatsiyasi tabrigi va sovg’alar topshirildi. Shuningdek, ushbu tadbirda jamoamiz rahbari Akramjon Mamadaliyev ham ishtirok etdilar. Ular kun qahramoniga “Qo’qon-1912” jamoasi nomidan tabrik va esdalik sovgʻasini taqdim etdilar.

Tadbir so‘ngida faxriy futbolchilar va mehmonlar uchun dasturxon yozildi va faxriylar bir piyola choy ustida dildan suhbat qurishdi.

photo_2025-02-28_19-52-07 photo_2025-02-28_19-52-06 photo_2025-02-28_19-52-05 (3) photo_2025-02-28_19-52-05 (2) photo_2025-02-28_19-52-05 photo_2025-02-28_19-52-04 (2) photo_2025-02-28_19-52-04 photo_2025-02-28_19-52-03 photo_2025-02-28_19-52-02

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО