04.03.2025
3-mart kuni O‘FAning futbolda shaffoflikni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan TEAMS ilovasi orqali onlayn yig‘ilish o‘tkazildi. Unda “Qo’qon-1912” jamoasi ham ishtirok etib, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda barcha klublar mas’ullari va futbolchilari qatnashishi talab qilindi. “Qo’qon-1912” jamoasi futbolda adolat va shaffoflikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.