Superliga. Farg’ona derbisida durang o’ynadik
the_title()

14.03.2025

Bugun “Qo’qon-1912” O’zbekiston Superligasining 2-turida “Neftchi” mehmoni bo’ldi. Farg’onadagi ochilish bahsida 10 mingdan ziyod muxlis uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarda yulduzli raqib jamoasi ustunlikka erishdi. Biroq 20-daqiqalardan so’ng jamoamiz asta sekinlik bilan raqib darvozasi tomon xavf sola boshladi. Ucharshuvning birinchi bo’limi 0:0 hisobida yakunlandi. Raqibga moslashib olgan jamoamiz ikkinchi bo’limni ancha ishonchli boshladi. Bir nechta gollik vaziyatlar ham yaratildi. Biroq bugungi bahsda to’p darvozaga kirishni istamadi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Farg’ona derbisida har ikki jamoa bir ochkodan qo’lga kiritdi.

“Neftchi” – “Qoʻqon-1912” 0:0

14.03.2025. Fargʻona. “Istiqlol” stadioni. 19:30

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Avaz Abdullayev

Zaxira hakami: Alisher Toʻxtasinov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Komissar: Diyor Xotamqulov.

“Neftchi”: 25.Eldor Suyunov, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohimhalil Yoʻldoshev (17.Muhammadali Gʻiyosov, 57), 7.Abror Ismoilov (14.Jamshid Boltaboyev, 66), 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoyev (77.Bilolxon Toshmirzayev, 66), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar Gʻofurov, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 57), 34.Farruh Sayfiyev.

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 11.Quvondiq Roʻziyev, 21.Muhsin Ubaydullayev, 24.Gʻulomhaydar Gulyamov.

“Qoʻqon-1912”: 13.Azizxon Isoqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 8.Baxtiyor Qosimov, 14.Jasur Xoltoʻrayev (23.Bekjon Joʻraboyev, 84), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Husniddin Gʻofurov, 53), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov (20.Iqboljon Malikjonov, 84), 44.Andro Giorgadze, 69.Yegor Kondratyuk (11.Shahzod Beshimov, 64).

Zaxira: 1.Rustam Nartadjiyev, 9.Javohir Husanov, 15.Zafar Hakimov, 17.Alisher Xayrullayev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

Ogohlantirishlar: Jasur Yoqubov 10, Bilolxon Toshmirzayev 89.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Andijon00
1Bunyodkor00
1Buxoro00
1Dinamo00
1Mash'al00
1Nasaf00
1Navbahor00
1Neftchi00
1OKMK00
1OKMK00
1Paxtakor00
1Qizilqum00
1Qo'qon-191200
1So'g'diyona00
U-21 биринчилиги
#КлубЎО