15.05.2025
Bugun Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, yurtimiz sportining rivoji uchun katta hissa qo‘shayotgan Otabek Umarov o‘z tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Otabek Muhammadaliyevich Yangi O‘zbekistonning salohiyatini butun dunyoga ko‘rsatishda, mamlakatimiz va Markaziy Osiyoda Olimpiya harakati targ‘ibotining yanada kuchayishida jonbozlik ko‘rsatmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, “Qo‘qon-1912” jamoasi va muxlislari nomidan Otabek Umarovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz!