15.05.2025
Futbol fidoyisi va futbol faxriysi Tohir Kapadze 70 yoshni qarshi oldi. Yubiley munosabati bilan Farg‘ona shahrida Tohir Kapadze tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi xodimlari, Faxriylar kengashi a’zolari, Farg‘ona viloyati hokimligi va futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Jamoamiz rahbari Akramjon Mamadaliyev ham bayram tadbirida ishtirok etib, Tohir Kapadzeni Qo‘qon futboliga qo‘shgan munosib hissasi haqida so‘z yuritdilar hamda “Qo‘qon-1912” klubi nomidan esdalik sovg‘alarini u kishiga topshirdi.
“Qo‘qon-1912” futbol klubining murabbiylari va futbolchilari, qolaversa, barcha ishchi-xodimlari nomidan Tohir Veysalovichga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.