16.05.2025
Superliganing 10-turida 🔵 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 🔵o’zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 17-may kuni Qo’qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
❗️O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 28 marta to‘qnash kelishgan.
“Nasaf” o‘yinlarning 19 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda vakillarimizning qo‘li baland kelgan. To‘rtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 51-27 “Nasaf” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Ajdardar” 61 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 19 tani tashkil etadi.
⚽️ Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan so’nggi 6 ta uchrashuv natijalari
02.05.2022. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 0:1
28.06.2021. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2
14.07.2020. Qo‘qon-1912 – Nasaf – 2:2
27.08.2019. Qo‘qon-1912 – Nasaf – 1:0
13.09.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf – 1:1
21.04.2018. Qo‘qon-1912 – Nasaf – 0:0
⏰ Boshlanish vaqtlari
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi 17-may kuni, soat 20:00 da boshlanadi. Uchrashuv Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlar tarkiblari esa 18-may kuni Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida o‘zaro bellashadilar.
🔥 Har ikki bahsda ham jamoamiz futbolchilariga omad tilaymiz 🔥