Baxtiyor Ashurmatov: “Qo‘qondan ketish niyatim yo‘q “
the_title()

13.03.2021

Bugun erta tongdan “championat.asia”  saytida chiqqan xabar barcha Qo‘qonlik muxlislarni xavotirlariga sabab bo‘ldi. Xabarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov sog‘ligi sababli Qo‘qondagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Biz masalaga aniqlik kiritish maqsadida jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildik.

Assalomu alaykum. Baxtiyor A’zamovich avvalo sog‘liklaringiz yaxshimi ? Championat.asia saytidagi ma’lumotga aniqlik kiritib bersangiz.

-Assalomu alaykum.Xudoga shukr sog‘ligim yaxshi.Yaqinda operatsiya jarayoninini o‘tkazgan edim.2-soat davom etadi deyilgan operatsiya 6 soatga yaqin davom etdi.Shu sababli “Turon” bilan o‘yinga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonida bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazvorishga majbur bo‘lgandim.”Qizilqum” jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yindan keyin 15-20 kun davomida yana davolanish kurslarini o‘tashim kerak.Shu sababli bu vaziyatdan o‘zim xam xavotirda edim.Mashg‘ulotlarni qo‘yvorsam jamoa natijalariga ta’sir o‘tkazmasmikin degan fikrni tanish jurnalistlarim davrasida aytib o‘tgandim.Bu xabarni shunga asoslanib chiqarishgan bo‘lishsa kerak.Umuman Championat.asia saytini tezkor xabarlar chiqaradigan,axborotni muxlislarga tezkorlik bilan yetkazadigan sayt deb xisoblayman.Lekin xavotirga o‘rin yo‘q.Raxbarlarimiz 3-turdan keyin davolanib olish uchun imkoniyat bo‘ladi,fikringni bo‘lma deb qo‘llab quvvatlashdi va men ulardan juda xam minnatdorman.Xali Qo‘qonda qiladigan ishlarimiz ko‘p.Biz va xozirgi rahbariyat ishlagan paytda jamoa o‘z avtobusiga ega bo‘lishi,jamoamiz uchun futbol bazasi qurilishi,futbol akademiyasi ochilishi orzuimiz va bu yo‘lda  xarakatlar qilinyapti.Eng katta orzuimiz esa xudo xoxlasa ashaddiy muxlislarimizning niyati “Qo‘qon-1912” jamoasini Osiyo chempionlar ligasida qatnashishini amalga oshirish.Jamoamiz raxbariyati esa menga o‘z ukalariga bo‘lgandek munosabatda bo‘lishmoqda.Men ularning menga bo‘lgan munosabatini va muxlislarimizning mehrini juda xam qadrlayman.Shu sababli jamoa raxbariyati va muxlislari menga qancha vaqt ishonch bildirishsa shuncha vaqt yurakdan ishlashga tayyorman. Hali beri Qo‘qondan ketish niyatim yo‘q.

 

– Muxlislar orasida sizga Namanganning “Navbahor” jamoasi taklif bilan chiqqanligi haqida ham gap-so‘zlar ko‘payib ketdi

-“Navbaxor”  jamoasida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emasman.Navbaxorda ishlagan paytimni iliq xotiralar bilan eslashim va “Navbaxor” muxlislarini juda xam xurmat qilishimni ko‘pchilik biladi.  “Navbahor” rahbariyatida oliyjanob insonlar ishlashadi.Ular bilan munosabatimiz do‘stona.Va meni Qo‘qonda ishlab turganimni bilib turib menga taklif bilan chiqishmaydi.Chunki ular Qo‘qon jamoasini natijalariga befarq emaslar.Biz mavsum boshida bir-birimizga omad tilaganmiz.”Navbaxor” va “Qo‘qon-1912”  rahbariyatining niyati bu ikki jamoani yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar qatorida ko‘rish.Shu sababli “Navbaxor” jamoasini yangi murabbiy tayinlangani bilan tabriklayman va ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

– Jamoamiz futbolchilari dastlabki turda “Turon” jamoasi ustidan g‘alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishdi. Ushbu o‘yinda sizga ma’qul bo‘lgan va ma’qul bo‘lmagan jihatlarga ham to‘xtalib o‘tsangiz

-Yaypandagi o‘yinda menga eng ma’qul bo‘lgan jihatlar “Turon” jamoasida amalga ishirilayotgan ishlar. “O‘zbekiston” stadionida katta rekonstruksiya ishlari bo‘lganligi, futbolchilarning kiyinish xonalari chiroyli qilingani, muxlislarga alohida tahoratxonalar qurilgani, yangi tribuna,akademiya va baza qurilishi , bularning barchasi meni xursand qildi. Stadiondagi atmosfera, muxlislarning stadionni to‘ldirib turishlari , noqulay ob-havo sharoitlariga qaramasdan Qo‘qondan borib bizni qo‘llab turgan muxlislarimizning harakatlari barchamizni xursand qildi. Shu fursatdan foydalanib barcha muxlislarimizga yana bir bor o‘z minnatdorligimni izhor qilaman.
Eng yoqqan jihat shu bo‘ldiki  , o‘z ukalarimdek bo‘lib qolgan futbolchilarimdan  o‘yindan oldin bitta narsani iltimos qilgandim. Bugun men uchun g‘alabalaring har doimgidan ham zarur. Chunki bugungi o‘yindan so‘ng yana Toshkentga borib shifokorlar ko‘rigida bo‘lishim kerak, yana mashg‘ulotlarni o‘tkazvorishga majbur bo‘laman.  Bugun maydonda borlaringni beringlar, yutinglar. Men yaxshi kayfiyatda Toshkentga borib kelay degandim. Yigitlar bu o‘yinga judayam ma’suliyat bilan yondoshishdi. Shunday tuyuldiki o‘sha kuni yigitlar ham muxlislar uchun, ham murabbiy  uchun ham o‘ynashdi. Men futolchilarimga buning uchun yana bir rahmat aytaman.
Yoqmagan jihat kam bo‘ldi. Nimani aytishim mumkin yaratilgan vaziyatlardan to‘liq foydalanmaganimiz bo‘ldi.O‘yin so‘nggida esa “Turon” jamoasiga xujumlar qilishga imkoniyat berib qo‘ydik. Demak yana ishlaydigan kamchiliklarimiz bor.
Eng yoqmagan narsa bu o‘yin qaydnomasiga 18 nafar futbolchini kiritilishi bo‘ldi. O‘tgan mavsumda qaydnomaga 20 nafar futbolchini kiritish mumkin edi.Biz bu mavsum uchun tarkibga futbolchilarni olganimizda o‘tgan yilgi tartib bo‘ladi deb o‘ylab, 20 nafar futbolchi va uch nafar darvozabonni tarkibimizga jalb qilgan edik. Bu yil esa  mavsum boshlanish arafasida qaydnomaga 18 ta futbolchi kiritilishi mumkinligini bildik. Natijada Anvar Xojimirzaev , Ilxom Vahobov kabi futbolchilarni qaydnomaga kirita olmadik. Murabbiy sifatida bu futbolchilarni oldida biroz noqulay ahvolga tushdim. Mayli nima qilamiz , endi shu qoidaga amal qilishga majburmiz. O‘ylaymanki Xojimirzaev hamda Vahobovlar oldinda turgan mavsumda o‘z o‘yinlari bilan jamoamizga foyda keltirishadi.
So‘zimni yakunida barcha muxlislarimizni o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadigan “Qizilqum” jamoasiga qarshi uchrashuvga taklif qilaman. Stadionga kelib futbolchilarimizni qo‘llab turishsa , biz ham ularni xursand qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО