Baxtiyor Ashurmatov: “Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi”
the_title()

15.03.2021

Coca Cola superligasi 2-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

– Gapni ochig‘i, o‘yindan oldin shogirdlarimga aytgan edim. “Qizilqum” bu yil oldingi yilllarga nisbatan ancha kuchli tarkibni shakllantira olgan. Yaxshi jamoa tuzilgan. Raqibimiz safida Nesterov, To‘xtaxo‘jaev, Boydullaev kabi ko‘plab tajribali o‘yinchilar bor. Dastlabki 10 daqiqada yaxshi o‘ynadik. Keyin xatolarimiz ko‘p bo‘ldi. Biroq yigitlarga o‘yin uchun e’tiroz bildirolmayman, ular o‘yin oxirigacha g‘alaba uchun borlarini berib maydonda harakat qilishdi. O‘yin so‘nggida yana xujumchi tushirdik. O‘yinning oxirgi qismlarida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan foydalan olmadik. Natijada durang qayd etildi.
Bugun himoyada biroz xatoliklar bo‘ldi , lekin ikkinchi bo‘limga kelib bu xatolarni to‘g‘riladik.
Biz yosh murabbiy Islom Ismoilovni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. “Turon” kecha alamli mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa durang o‘ynashi mumkin edi. Yosh murabbiy ehtirosga berilib fikrlar aytgandir. Lekin uning gaplarida jon bor. Jamoa biron natijaga erishishi uchun 60-70 nafar inson va yana qancha muxlislar harakat qilishdi. Bitta ikkita inson shuncha mehnatni zoe qivorishi alamli. Xakam qanday qilib bunaqa qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin bilmadim. Ismoilov 1-turdagi o‘yinni ham qo‘shib ketgani men uchun tushunarsiz bo‘ldi. Biz bilan bo‘lgan o‘yinda gollar hammasi chiroyli bo‘ldi. O‘yin borasida ustunlik qildik. Balkim murabbiy emotsiyada o‘sha o‘yinni ham qo‘shib yuborgandir. Chunki Yaypandagi o‘yindan keyin jamoa rahbariyati , murabbiylar bilan bir-birimizga omad tilab yaxshi xayrlashgan edik. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz murabbiylar Ismoilovni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Agar Islombek o‘z fikrlarini emotsiya berilmasdan bildirganda yanada yaxshi bo‘lardi deb o‘ylayman. Chunki uning gaplarini yoshi katta insonlar, ayollar ham eshitishi mumkin.
Yurtimizda xalol o‘yinlar borasida katta xajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mana VAR tizimi kam sonli o‘yinlarda bo‘lsa ham ishlay boshladi. Kelajakda VAR ham ko‘payib, yanada xatolar kamayadi deb umid qilaman.
Asad Sobirjonov ancha iqtidorli futbolchi. Biz unga ozgina imkon bersak, o‘yindan –o‘yinga Sobirjonovning o‘yini kuchayib boradi. Kelajakda Asadbek muxlislarimizning eng sevimli futbolchilaridan bo‘ladi deb ishonaman. Andrey Sidorovda esa o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt yetishmadi.
Shu o‘rinda bugungi uchrashuvda stadionga kelib bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Xudo xoxlasa “Qo‘qon-1912” jamoasini muxlislar istagandek jamoaga aylantirmaguncha bu yerdan ketmayman

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО