🔥 Barcha “Qoʻqon-1912” jamoasining ashaddiy muxlislarini “Markaziy” stadioniga chorlaymiz
the_title()

18.03.2023

➡️ Xabaringiz bor, “Qoʻqon-1912” jamoasi oʻtgan mavsumda Yaypandagi “Oʻzbekiston” stadionida uy uchrashuvlarini oʻtkazdi.

➡️ Quvonarlisi endilikda “Markaziy” stadion toʻliq taʼmirlandi va jamoamiz Pro liganing ikkinchi turida oʻz maydonida “Mash’al”ni qabul qiladi.

➡️ Ochilish uchrashuvida jamoamizning 12-futbolchisi boʻlib, “Qoʻqon-1912” jamoasini qoʻllab — quvvatlang.

➡️ Shuningdek, “Qoʻqon-1912” futbol klubi hamisha va hamma vaqt oʻz muxlislarni alohida qadrlaydi. Futbol uchrashuvining tanaffus vaqtida sovgʻali lotereya oʻynaladi. Oʻyinini koʻrish uchun sotib olingan chipta raqamlari lotereya oʻyinida qatnashish imkoniga ega boʻladi. Lotereya oʻyinida gʻolib boʻlgan muxlislar esa qimmatbaho sovgʻalardan birini qoʻlga kiritadi.

➡️ Futbolga tashrif buyuring va uyga qimmatbaho sovgʻa bilan qayting!

➡️ “Qoʻqon-1912” jamoasi barcha futbol ixlosmandlarini “Markaziy” oʻyingohiga chorlaydi!

🔥 Unutmang! “Qoʻqon-1912” jamoasi muxlislar uchun oʻynaydi va gʻalaba qozonishga harakat qiladi.photo_2023-03-17_21-50-28 (2)

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО