Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Davron Fayziyev: “Bugun bizga omad yetishmadi. Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik”
the_title()

06.04.2023

Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Oʻyin haqida

– Juda qiziqarli oʻyin boʻldi. Bugun bizga omad yetishmadi. Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Bugun oʻz muxlislarimiz qarshisida oʻynaganimiz tufayli yoshlarga ham imkon berdik. Imkoniyatlarini chamalab oldik, sinovdan oʻtkazdik. Yomon harakat qilishmadi, aytib oʻtganimdek bizga omad yetishmadi.

“Nasaf” yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida kuchli ijrochilar bor. Qoʻqonda esgan shamol ham har ikki jamoaning oʻyiniga taʼsir koʻrsatdi.

– Golda darvozabonning xatosi bor deb oʻylaysizmi?

– Yoʻq, bunda faqat darvozabonni ayblamagan boʻlardim. Golda hammaning xatosi bor. Himoyachilar, yarim himoyachilar, zarbagacha qoʻyib berdik. Darvozabondan ham xato bor, lekin ayb toʻliq unda emas. Zarba berilgan vaqtda toʻp yoʻnalishi oʻzgardi, bu darvozabonni chalgʻitdi. “Nasaf” bizning jarima maydonimiz atrofida xavfli vaziyatlar yaratishiga tayyor edik. Shundan boshqa vaziyatlarda biz ularga imkon bermadik.

– Kubok qurʼasiga munosabatingiz qanday? Masalan, kimdir uyda, kimdir safarda koʻproq oʻynashiga fikringiz qanday?

– Buni qurʼadan avval hamma bilardi. Qurʼa qanday boʻlishini esa hech kim bilmasdi. Bu ham bir omad. Kimdir koʻproq uyda, kimdir koʻproq mehmonda oʻynaydi. Toʻgʻri, biz qolgan ikkita oʻyinni safarda oʻtkazamiz. Reglament shunday va biz uni hurmat qilamiz. Lekin bari bir har bir jamoa safarda ham oʻynaydi, toʻliq uyda oʻynamaydi.

Bizga Superliga yoʻllanmasi vazifasi qoʻyilgan. Endilikda bor eʼtiborimizni chempionat oʻyinlariga qaratamiz. Biroq bu kubok oʻyinlariga eʼtiborsiz ekanimizni anglatmaydi. Bizning vazifamiz har bir oʻyinda gʻalaba qozonish. Kubokda imkon boricha uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Shu sababli har bir oʻyinda gʻalaba uchun maydonga tushamiz.

Shu oʻrinda bugun ob-havo noqulayligiga qaramasdan bizni qoʻllab quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bizni ajoyib tarzda qoʻllab quvvatlashdi. Barchaga rahmat

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro816
1QO'QON-1912816
3Mash'al815
4Aral814
5Xorazm810
6Sho'rtan89
7Olimpik Mobiuz88
8Do'stlik80
U-21 биринчилиги
#КлубЎО