Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Pro liga. Shiddatli kechgan bahsda jamoamiz jangovar durang qayd etdi
the_title()

09.04.2023

Bugun, Pro liganing 4-turida “Qoʻqon-1912” “Navbahor farm”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning ilk daqiqalardan hujumga oʻtdi. Biroq uchrashuvning 21 va 39 — daqiqalarida mehmonlar ikkita gol urishdi va tanaffusga jamoalar 0:2 hisobida chiqib ketishdi. Ikkinchi boʻlimda jamoamiz hujumlar sonini oshirdi va bu oʻz samarasini berdi. Uchrashuvning 53 va 78-daqiqalarida Abduxoliq Qurbonov dubl qayd etdi. Bu gollardan soʻng ham futbolchilarimiz hujumlarni toʻxtatishmadi, biroq vakillarimizga omad yetishmadi. Shu tariqa, uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va bahs 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

🏆 Pro liga, 4-tur

🟢 QOʻQON-1912 🆚 Navbahor farm 2:2

Gollar: 21- Javohir Husanov, 39 — Ibroxim Gʻanixonov, 53 — Abduxoliq Qurbonov, 77 — Abduxoliq Qurbonov

Asosiy tarkib: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 24.Jasur Oʻrinov, 3.Bobur Akbarov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 20.Iqboljon Malikjonov, 6.Bobur Qosimov, 8.Sanʼat Shixov, 9.Islombek Isoqjonov, 14.Doniyor Ismailov, 10.Anvarjon Xojimirzayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Yetovqoʻziyev, Muhammad Isaev, Farxod Miraxmadov, Murodjon Komilov, Moʻminjon Meliyev

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro816
1QO'QON-1912816
3Mash'al815
4Aral814
5Xorazm810
6Sho'rtan89
7Olimpik Mobiuz88
8Do'stlik80
U-21 биринчилиги
#КлубЎО