🔥 Pro liga. “Andijon SGS” yirik hisobda taslim etib, turnir jadvalining birinchi pog’onasiga ko’tarildik
the_title()

15.04.2023

Bugun Pro liganing navbatdagi turida “Qoʻqon-1912” “Andijon SGS”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan ustunlikka erishgan jamoamiz birinchi boʻlimning 4-daqiqasida hisobni ochdi. Burchak toʻpidan soʻng raqib himoyachisi Yursinali Topvoldiyev oʻz darvozasiga joylab qoʻydi. 32-daqiqada esa Malikjonov Ismailovni darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi va yarim himoyachimiz oʻz imkoniyatidan unumli foydalandi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, birinchi boʻlimda jamoamiz posboni Nizomiddin Ziyovutdinov bir necha bor jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi. Shu tariqa birinchi boʻlim jamoamizning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi boʻlimda ham Davron Fayziyev shogirdlari hujumkor oʻyin koʻrsatdi. 57 va 62-daqiqalarda jamoamiz hujumchisi Anvarjon Xojimirzayev ham oʻz hisobiga gol yozib qoʻydi. Uchrashuv so’nggida raqib bitta gol bilan javob berdi. Shu tariqa, jamoamiz bugungi bahsda yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

🏆 Pro liga, 5-tur

🟢 Andijon SGS 🆚 QOʻQON-1912 1:4

⚽️ 4- Yursunali Topvoldiyev (avtogol), 32- Doniyor Ismailov (Iqbol Malikjonov), 57 — Anvarjon Xojimirzayev (Islombek Isoqjonov), 62 — Anvarjon Xojimirzayev (Doniyor Ismailov), 86 – Abubkar Mo’ydinov

Asosiy tarkib: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 24.Jasur Oʻrinov, 3.Bobur Akbarov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 20.Iqboljon Malikjonov, 6.Bobur Qosimov, 8.Sanʼat Shixov, 9.Islombek Isoqjonov, 14.Doniyor Ismailov, 10.Anvarjon Xojimirzayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 18. Saidakabr Umaraliyev, 30. Ibroximjon Muxtorov, 70.Muhammad Isaev, 77.Murodjon Komilov, 44.Farxod Miraxmadov

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО