Muxsinjon Nizomiddinov – “Qo’qon-1912” jamoasining yangi bosh murabbiyi!
the_title()

30.04.2023

Xabaringiz bor, avvalroq “Qo’qon-1912” jamoasi Davron Fayziyev bilan shartnomani bekor qilgandi. Bugun jamoamiz rahbariyati va futbolchilari o’rtasida navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda shu kunga qadar jamoamizning texnik direktori lavozimida faoliyat olib borib kelgan Muxsinjon Nizomiddinov “Qo’qon-1912” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Muxsinjon Nizomiddinov Qo’qon futbolining yaqin o’tmishdagi yulduzi hisoblanadi. Faoliyati davomida yurtimizning ko’zga ko’ringan “Nasaf”, “Neftchi” kabi jamoalari safida yorqin o’yinlari bilan muxlislarning mehrini qozongan. Murabbiylik faoliyatida esa “Qo’qon-1912” U-21 jamoasi bilan chempionat bahslarida bronza medallarni qo’lga kiritgan. U ko’plab iqtidorli va kuchli futbolchilarning murabbiyi hisoblanadi. Uning shogirdlari har xil yosh toifasidagi terma jamoalarda harakat qilib, Osiyo chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritishgan. Xususan, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Iqboljon Malikjonov, Islomjon Abdullayev, Avaz Mamatxo’jayev va boshaqa mahoratli futbolchilarni aynan jamoamizning yangi bosh murabbiyi katta futbolga olib kirgan.

Muxsinjon Nizomiddinovning murabbiylar shtabidan Bahrom Haydarov, Andrey Baklanov, Rahmatjon Inog’omov, Muhiddin Abduvaliyev joy olishdi.

Muxsinjon Nizomiddinov va uning murabbiylar shtabiga boshlashgan mashaqqatli va ma’suliyatli ishlariga omad yor bo’lishini va jamoamizni Superliga olib chiqishlarini tilab qolamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО