“Qo’qon-1912” ustozi Muhsin Nizomiddinov: “Hech qachon hakamdan nolimaganman”
the_title()

09.05.2023

“Qo’qon-1912” hamda “Xorazm” o’rtasidagi Pro liganing 8-turidan o’rin olgan bahsdan (0:0) so’ng jamoamiz ustozi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Muhsin Nizomiddinov: “Avvalambor hammani 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman. O’yin muxlislarbop bo’ldi, ikkala jamoa ham uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko’rgani bilindi. Vaziyatlar bo’ldi, ammo gol ura olmadik. Kelasi bahsda o’z ustimizda ishlab, natijani yaxshilashga harakat qilamiz.

– O’yin oxirida bir-ikki marta zaxiraga qarab qo’ydingiz, ammo o’zgarish amalga oshirmadingiz. Zaxira tormi yoki o’yinni kuchaytiradigan futbolchi yo’qmi?

– Zaxiradagi har bir futbolchi o’yinni kuchaytira oladi. O’yin buzilmasin dedim. O’tgan safar “Mashal”ga qarshi bahsda Mo’min Melievni maydonga tushirgandik, uni omadi kelmadi va ruhiy tushkunlik bo’ldi. Ayni damdagi asosiy maqsadim – barcha yigitlarga imkoniyat berish. Ikkinchi davraga o’zgacha tayyorgarlik ko’ramiz. Kamchiliklar bor, bularning ustida ishlaymiz. O’zim himoyachi bo’lganman, bu erda birinchi bo’lib himoyani yaxshlashga urindim. Bugun gol o’tkazib yubormadik, lekin gol urishda qiyinchiliklar bo’ldi. Endi oldingi chiziqlar ustida ishlaymiz va Samarqandda hammasi yaxshi bo’ladi.

– Hakamlar o’yinga kam vaqt qo’shgandek bo’lishdi…

– Yo’q. Ular hali yosh, ularni nazorat qiladigan va baho qo’yadigan tashkilot bor. Hech qachon hakamdan nolimaganman va bundan keyin ham shunday bo’ladi. Ular ham tirik jon, hamma ham xato qiladi. Ularga omad tilayman.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО