Rustam Nortojiyev: “Ota shahrimda oʻynash imkoniga ega boʻlganimdan xursandman. Bu mening orzuyim edi”
the_title()

09.07.2023

Jamoamizning yangi aʼzosi Rustam Nortojiyev jamoaga kelib qoʻshilishi va maqsadlari haqida gapirib oʻtdi.

“Ota shahrimda oʻynash imkoniga ega boʻlganimdan xursandman. Bu mening orzuyim edi. “Qoʻqon-1912” jamoasidan qiziqish boʻlganidan xursand boʻldim. Menga jamoa murabbiylari taklif bilan chiqishdi. Biz ular bilan mavsumdagi vazifani muhokama qildik va tezda kelishuvga erishdik. Jamoadagi har bir inson “Qoʻqon-1912”ni Superliga olib chiqishni maqsad qilgan. Men ham ularga qoʻldan kelgancha yordam berishga harakat qilaman. Jamoadagi futbolchilar meni juda iliq kutib olishdi. Men ularning koʻpi bilan tanish boʻlganim uchun jamoaga moslashib ketishim qiyin boʻlmadi. “Qoʻqon-1912” jamoasining koʻplab sodiq muxlislari borligini bilaman. Ularning barchasini hurmat qilaman. Ular uy va safar uchrashuvlarida jamoani ajoyib tarzda qoʻllab turishadi va bu ajoyib atmosfera hosil qiladi”,-dedi jamoamizning yangi darvozaboni.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО