Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Islombek Isoqjonov: “Oldimizga qoʻyilgan vazifani bajarish uchun maksimal harakat qilamiz”
the_title()

28.07.2023

Jamoamiz yetakchilaridan biri Islombek Isoqjonov ikkinchi davraga olib borilayotgan tayyorgarliklar haqida gapirdi.

Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Birinchi davrada bir qator kerakli uchrashuvlarda ochkolar yoʻqotdik. Bizga shunday imkoniyatlar yaratib berilayotgan bir paytda birinchi davradagi oʻyinlarimizni qoniqarsiz deb hisoblayman. Birinchi davradagi xatolarda kerakli xulosa chiqardik va ikkinchi davrada ushbu xatolarni qaytarmaslikka harakat qilamiz. “Qoʻqon-1912” jamoasi rahbariyati tomonidan berilayotgan yordamga mos holda biz borimizni berib harakat qilishimiz lozim. Oldimizga qoʻyilgan vazifani bajarish uchun maksimal harakat qilamiz. Barchasi oʻz qoʻlimizda va biz Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun harakatni toʻxtatmaymiz.

Ikkinchi davraga tayyorgarlikni koʻproq jismoniy holatimizni yaxshilashga qaratdik. Shuningdek, bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarda maydonga tushdik. Menimcha, ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik koʻrdik. Nasib qilsa, ikkinchi davraning ilk uchrashuvida “Shoʻrtan”ga qarshi maydonga tushib, muxlislarimizni xursand qilamiz. Har bir futbolchining oʻz maqsadi boʻladi.

Maqsadsiz va harakatsiz hech kim hech nimaga erisha olmaydi. Ayni vaqtdagi asosiy maqsadim: “Qoʻqon-1912” jamoasi bilan Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish. Bizga ishongan har bir inson uchun ham biz vazifani bajarishimiz lozim boʻladi. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib, bunga kuchimiz yetadi deb oʻylayman. Uzoq vaqt davomida jarohat sababli maydondan tashqarida oʻtkazdim, endi yanada kuchliroq boʻlib, maydonda borimni berishga harakat qilaman.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО