🔥 Olmaliqdan ajoyib g’alaba bilan qaytmoqdamiz. Keyingi bekat QO’QON..
the_title()

22.11.2023

Superliga pley-off uchrashuvida jamoamiz “Mash’al”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Petrov hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limda murabbiylarimiz o’zgarishlar amalga oshirdi va Sobirov hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo’lim o’rtasida yomg’ir yog’ishni boshladi va uchrashuvga yanada chiroy bag’ishladi. Shu tariqa uchrashuv jangovar durang bilan yakunlangan. Ushbu uchrashuv pley-off bo’lgani sababli jamoalar qo’shimcha yama 30 daqiqa maydonda harakat qilishdi. Ekstra bo’limlarda ham jamoalar gol ura olmaganidan so’ng penaltilar seriyasi boshlandi.

Shu yerda endi jamoamiz posboni Nizomiddin Ziyovutdinov katta sahnaga chiqdi. Darvozamiz 5 ta penaltidan 2 tasini bartaraf etdi va “Qo’qon-1912” jamoasiga muhim bo’lgan g’alabani taqdim etdi.

Endi jamoamiz 6-dekabr kuni Superliganing 12-jamoasiga qarshi o’tish o’yinida bahs olib boradi

🏆 Superliga pley-off uchrashuvi

🟢 QO’QON-1912  1:1 Mash’al

Gollar: Bobur Sobirov – Sergey Petrov

Jamoamizning boshlang’ich tarkibi: Nizomiddin Ziyovutdinov, Artyom Filiposyan, Bobur Akbarov, Iqobljon Malikjonov,  Aleksandr Merzlyakov, Jasur O’rinov, Doniyor Ismailov, Asadbek Zokirjonov, Jamshid Hasanov, Anvarjon Xojimirzayev, San’at Shixov,

Zaxiradan maydonga tushganlar : Abduxoliq Qurbonov, Farxod Miraxmadov, Avazbek Mamatxo’jayev,   Shahzod Beshimov, Abdujalil Manazarov, Bobur Sobirov

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО