Islom Sharipov: “Qoʻqon-1912” jamoasiga oʻtishim faoliyatimdagi yangi bosqich va omadli bosqich boʻladi deb umid qilaman”
the_title()

21.12.2023

Birinchi navbatda barchaga Assalomu alaykum. Ushbu jamoaga meni Muxsinjon aka Nizomiddinov taklif qildilar. Ushbu taklifdan juda xursandman.

Oʻtgan mavsum haqida…

Oʻtgan mavsum men uchun juda zoʻr oʻtdi deb aytmagan boʻlardim, biroq yomon ham boʻlmadi. Sobiq jamoam Pro ligada debyut qilgan boʻlishga qaramasdan, biz musobaqani TOP-5da yakunlashimizga kuchimiz yetardi. Biroq ayrim oʻyinlarda oʻzimiz tayyor gʻalabalarni qoʻldan chiqardik. Ayrim oʻyinlarda esa omad bizga boqmadi. Menimcha, “Yunired” birinchi mavsum uchun yaxshi ishtirok etdi. Biz kuchli jamoalarga ancha jiddiy qarshilik koʻrsatdik. Xudo xohlasa, “Qoʻqon-1912” jamoasiga oʻtishim faoliyatimdagi yangi bosqich va omadli bosqich boʻladi deb umid qilaman.

Uzoq masofadan zarba yoʻllashni alohida mashq qilaman.

Yoshligimdan Ronalduning muxlisiman va uning zarba berish uslubiga qiziqaman. Shuning uchun ham bir mashgʻulotdan soʻng alohida zarbalar ustida ishlayman. Biroq birinchi navbatda barchasi yaratgandan.

Maqsadlarim!

Inshoolloh yangi yildan umidlarim katta. “Qoʻqon-1912” jamoasiga tezda moslashib, jamoa bilan oldimizga qoʻygan vazifani, yaʼni Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, ushbu maqsadga yangi jamoam bilan erishamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО