Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
“Markaziy” maydoni tubdan yangilanadi va qo’shimcha mashg’ulot maydoni ham qurish reja qilingan
the_title()

26.12.2023

“Qoʻqon-1912″ jamoasi kelgusi yilga har tomonlama jiddiy tarzda tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Klubda kelasi yil superligaga har jihatdan tayyor boʻlib chiqishni maqsad qilgan holda rejalar ishlab chiqildi. Oʻzbekiston professional futbol ligasi soʻnggi yillarda superliga hamda pro liga jamoalariga stadionlar yoritish tizimi va maydon chimi borasida juda katta talablarni qoʻyib bormoqda. Buning natijasida respublikamizda xalqaro darajadagi oʻyinlarni oʻtkazish talablariga javob beradigan stadionlar koʻpayib bormoqda. Albatta yaxshi va sifatli maydonda sifatli futbol boʻladi.

Xabaringiz bor oʻtgan mavsumda Qoʻqondagi “markaziy” stadion yoritgichlari yangitdan zamonaviy lampalar bilan jihozlanib, stadion elektr tizimi tubdan yangilangan edi.

Kelgusi mavsumda jamoa rahbariyati “Markaziy” stadion yoritishi tizimini yanada yaxshilash bilan birga maydon chimini yangilashni ham maqsad qilishgan. “Markaziy” maydoni tagidan yangilanib chiqiladi. Drenaj tizimi, sugʻorish tizimi butunlay yangilanib avtomat sugʻorish tizimiga oʻtiladi. Maydon chimi ham yangitdan urugʻ sepilib, qishin-yozin yam-yashil holatda boʻlishi taʼminlanadi. Bugungi kunda “Markaziy”da demontaj ishlari boshlanib ketgan. Maydondagi ishlar bilan respublikamizdagi koʻplab stadionlarni, jumladan Fargʻonadagi “Istiqlol”, Andijondagi “Bobur arena” kabi stadionlarni goʻzal holatga olib kelgan mutaxassislar shugʻullanishadi.

Shuningdek, “Markaziy” stadionga yaqin bo’lgan joyda mashg’ulotlar uchun alohida chimli, standart maydon ham qurish reja kiritildi.

photo_2023-12-26_16-00-08 photo_2023-12-26_16-00-03 photo_2023-12-26_16-00-02

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО