Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Jamoamiz tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz bosh murabbiyi tayyorgarlik va rejalar haqida fikr bildirdilar
the_title()

06.01.2024

Xabaringiz bor “Qoʻqon-191″ jamoasi kechadan Qoʻqon shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz 11-yanvarga qadar Qoʻqon shahrida yigʻin olib boradi. Shundan soʻng jamoamiz Toshkentda yigʻiladi va Pro ligaga tayyorgarlikni davom ettiradi. Toshkentdagi yigʻin davomida bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar jamoamiz safida kelib qoʻshilishi kutilmoqda.

Jamoamizning tayyorgarligi va rejalari haqida jamoamiz bosh murabbiyi Muxsinjon Nizomiddinov qisqa fikr bildirib oʻtdilar.

“Tayyorgarlikni ham boshlab yubordik. Jamoamiz toʻrt bosqichdan iborat oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib boradi. Ilk yigʻinda jamoamizning asosiy tarkib futbolchilaridan tashqari, bir qator yoshlar va U-19 jamoamizda harakat qilgan futbolchilar qatnashmoqda. Bu yigʻin bir hafta davom etadi. Yigʻin davomida ikki bor oʻzaro nazorat uchrashuvini tashkil etishni reja qilganmiz. Ikkinchi yigʻin Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. U yerda bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Shuningdek, bir nechta mahoratli futbolchilar bilan muzokaralarni davom ettirmoqdamiz. Agar barchasi oʻxshasa, ular Toshkentda bizga qoʻshilishadi. Bizning maqsad: jamoani yoshartirish. Xudo xohlasa, joriy mavsum Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, jamoamizni oʻzagini saqlab qoladigan tarkib tuzishni reja qilganmiz”,-deb fikr bildirdi jamoamiz bosh murabbiyi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО