⭐️ “Oʻzbek futboli nuroniysi”

14.02.2024

Bugun Fargʼona futbolining faxriysi, “Neftchi” futbol klubini uzoq yillar boshqargan, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan murabbiy Lev Viktorovich Vaxtin oʼzining 90 yoshli yubileylarini nishonladilar.

Fursatdan foydalanib Oʼzbekistonning taniqli va ardoqli sport mutaxassisi, “Neftchi”ning besh karra Oʼzbekiston chempioni, kubok va faxriy sovrinlar sohibi boʼlishiga salmoqli hissa qoʼshgan Lev Vaxtinni chin yurakdan muborakbod etamiz. U hamisha hozirgiday baquvvat,sogʼlom va hamma sohada omadli boʼlishini tilaymiz.

Yana bir bor qutlug‘ Lev Viktorovich!

Fargʼona futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

📲@FerghanaFA

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО