07.03.2024
Kecha, Qo’qon shahar hokimligi majlislar zalida jamoamizning yangi mavsum taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Tanishtiruv marosimi Qo’qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov boshlab berdilar. Ma’rufjon Azamovich O’zbekiston bo’layotgan islohotlar, futbolga berilayotgan e’tibor haqida alohida fikr bildirdilar. Shuningdek, yangi mavsum oldidan yangilangan jamoamizga maksimal darajada ko’mak berishlarini, jamoamiz bilan mavsum davomida birga bo’lishlarini va yangi 2024-yilgi mavsumda jamoamizni Superligaga yo’l olishlari uchun yordam berishlarini ma’lum qildilar. Shundan so’ng klubimiz prezidenti Akramjon Mamadaliyev so’zga chiqib, Jamoamiz rahbari yangi mavsum oldidan “Qo’qon-1912″dagi o’zgarishlar, yangilangan tarkib va” Markaziy” stadionda olib borilayotgan ishlar, yangi qurilayotgan mashgʻulot maydoni haqida fikr bildirdilar.
Yangi mavsumda jamoamizga Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritish va Pro ligada chempionlik uchun kurashish vazifasi qo’yildi
Shundan so’ng jamoamizga yangi kelgan futbolchilarga liboslar taqdim etildi.
Jamoamizning yangi futbolchilari quyidagi raqamlarni olishdi
Islomjon Abdullayev 1-raqam
Azizxon Isakov 13 – raqam
Andro Giorgadze 44 – raqam
Usmonali Abdukarimov 71- raqam
Zafarbek Akramov 2 – raqam
Zafar Hakimov 6 – raqam
Asliddin Toshtemirov 4 – raqam
Muhammadyusuf Turdaliev 14 – raqam
Bekjon Jo’raboyev 77 – raqam
Mustafo Abdumannopov 15 – raqam
Bahrom Abdurahimov 18 – raqam
Javohir Husanov 8 – raqam
Islom Sharipov 19 – raqam
Ibroxim No’monov 17 – raqam
Sergey Petrov 21 – raqam