Muhsin Nizomiddinov: “Oldingi ikki turda muhim ochkolarni boy bergandik”
the_title()

27.03.2024

PRO-Liganing 3-turidan o’rin olgan “Aral” – “Qo’qon-1912” (1:3) uchrashuvidan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O’yin haqida
– Avvalgi 2 ta o’yinda o’z xatolarimiz evaziga ochkolarni boy bergandik. Bir hafta mobaynida mashg’ulotlarda jiddiy ishladik. Ko’rib turganlaringdek, bugun mavsumdagi ilk g’alabamizni qo’lga kiritdik.

– “Aral” jamoasini qaysi futbolchisi sizda yaxshi taasurot qoldirdi?
– “Aral” jamoasini har bir futbolchisi yaxshi. Nukusda yutqazishni istamaydigan oxirigacha kurashadigan futbolchilar ko’p. Masalan “Neftchi”da o’ynaganman, Nematillo Quttiboev va Aybek Nurboevlarni yaqindan bilaman. Ular jangovor xarakterga ega, mag’lubiyatga shunchaki rozi bo’lmaydigan futbolchilar sarasidan edi.

– Maydon holatiga munosabatingiz?
– Bu normal holat. Biz suniy maydonda o’ynashimizni bilib Toshkentda shunday maydonda shug’ullandik. Har ikki jamoa shu maydonda o’ynaydi, yaxshi yoki yomon deb bahona izlash noto’g’ri.

– Ob-havo holati qanday bo’ldi?
– Yaxshi ob-havo bo’ldi. Ayni futbol o’ynaydigan havo edi. Mavsumning endi kirish qismidamiz, turli-tuman havo bo’lishi normal holat.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО